Tashkent, May 4 -- Litvada Germaniyaning 30 ta vertolyoti ishtirokida NATOning xalqaro harbiy mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda, deb xabar berdi TASS.

Mashg'ulotlarga zarba beruvchi (Tiger), o'rta ko'p maqsadli (NH90), og'ir transport (CH-53), yengil ko'p maqsadli (EC135) jami 30 ta vertolyot jalb etilgan.

Vertolyotlar kechasi va kunduzi eng past (150 metr) masofada parvoz qilish ko'nikmasini oshirmoqda.

NATO harbiy o'quvlari 23-maygacha davom etadi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....