Tashkent, June 18 -- KXDR Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun olti ming mutaxassis yuboradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Pxenyanga tashrifi yakunlari bo'yicha ma'lum qildi, deb yozdi Interfaks. Shoyguning aytishicha, Kursk viloyatiga Shimoliy Koreyadan ming nafar sapyor va besh ming harbiy quruvchi keladi.

Bundan tashqari, Rossiyada Kursk uchun janglarda halok bo'lgan KXDR askarlariga bag'ishlangan yodgorliklar ochiladi.

Bu Shoyguning so'nggi uch oy ichida Shimoliy Koreyaga uchinchi tashrifidir.

2025 yil may oyida Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 mingga yaqin mehnat migrantini jo'natgan, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Hozir KXDR fuqarolarining aksariyati Uzoq Sharqda ishlamoqda. Qayd etilish...