Tashkent, June 1 -- 1 iyunga o'tar kechasi Kursk oblastida temiryo'l ko'prigi qulab tushdi, deb xabar berdi region gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn.
Favqulodda holat Jyeleznogorskiy rayoni hududida, Trosna-Kalinovka trassasining 48-kilometrida ro'y bergan. Mulozimning so'zlariga ko'ra, ko'prik yuk lokomotiv harakati vaqtida qulagan, poyezdning bir qismi ko'prik ostidagi avtomobil yo'liga tushgan.
Natijada teplovoz yonib ketgan, yong'in tezda bartaraf etilgan.
Teplovoz mashinistlari brigadasi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan birining oyog'i shikastlangan.
Ko'prik ostidan o'tgan avtomobil yo'lida transport harakati to'xtatilgan.
Ko'prik qulashi sabablari o'rganilmoqda, deya qo'shimcha qilgan Xinshteyn.
31 may kuni...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.