Tashkent, May 13 -- Kreml G'arb yetakchilarining Ukrainada o't ochishni to'xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash haqidagi talablarini qabul qilib bo'lmaydigan ultimatum deb atadi. Bu haqda 12 may, dushanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Avvalroq Germaniya hukumati matbuot kotibi Shtefan Kornelius, agar Moskva rasmiylari 12 mayda Ukrainadagi jangovar harakatlarni to'xtatish bo'yicha talablarni bajarmasa, Berlin yevropalik hamkorlar bilan sanksiyalar tayyorlashini aytdi.

Peskovning so'zlariga ko'ra, Rossiya uzoq muddatli tinch yo'l bilan kelishuvga erishish yo'llarini jiddiy izlashga bel bog'lagan. Kreml matbuot kotibi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyada Rossiya va Ukraina o'rtasidagi to'g'ridan t...