Tashkent, April 21 -- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskva tomonidan bir tomonlama tartibda e'lon qilingan Pasxa sulhini uzaytirish tashabbusini ilgari surganiga qaramay, Kreml 21 aprel soat 00:00 dan boshlab jangovar harakatlarni qayta tiklash niyatida. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Boshqa buyruqlar bo'lmadi, - dedi u TASS vakilining dushanbaga o'tar kechasi sulh muddati tugaydimi yoki o't ochishni to'xtatish muddati uzaytirilishi mumkinmi degan savoliga javoban.

Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesimni 19 aprel kuni RF Bosh shtabi boshlig'i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda e'lon qildi. U 21 aprel yarim tunga qadar Rossiya armiyasi Ukraina frontida o't ochishni t...