Tashkent, May 10 -- 1972-yilda uchirilgan Kosmos-482 kosmik kemasi Toshkent vaqti bilan 11:24 da atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi O'rta Andaman orolidan 560 kilometr g'arbda qulagan. Bu haqda Roskosmos agentligi xabar bermoqda.
Kosmos-482 fazoviy apparati Sovet Ittifoqining Venerani o'rganish bo'yicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini o'rganish edi.
Roskosmos xabariga ko'ra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, so'ng qulagan.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzRep...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.