Tashkent, May 11 -- Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga nisbatan tajovuzkor bo'lsa, G'arb davlatlari bilan urush boshlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

Unga ko'ra, agar G'arb Rossiyaga hujum qilsa, o'z armiyasiga ruslarga hujumni qaytarishda yordam berishni buyuradi.

Agar Qo'shma Shtatlar va uning g'arbiy malaylari bo'lmish yadro davlatlari qardosh mamlakatimiz Rossiya Federatsiyasiga harbiy bostirib kirish haqidagi xavfli g'oyasidan voz kechmasa va hujumga o'tsa, men mamnuniyat bilan va hech ikkilanmasdan dushmanning bosqinini qaytarish uchun harbiy kuch ishlatishni buyuraman, dedi u.

Kim Chen In, shuningdek, bu shimoliy koreyaliklar uchun birodarlar va o'rtoqlar sifat...