Tashkent, April 26 -- KXDR yetakchisi Kim Chen In qo'pol imperialistik qaroqchilarga qarshi kurash bo'yicha missiyalarni bajaradigan va KXDR harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi yangi ko'p maqsadli Chve Ryon kemasini (esminets) suvga tushirish marosimida ishtirok etdi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi.

Marosim Nampo kemasozlik zavodida bo'lib o'tdi. Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo'mitasi kotibi Cho Chun Ryon so'zlariga ko'ra, kema 5 ming tonna suv sig'imiga ega va eng kuchli qurollar bilan jihozlangan.

Harbiy esminets Koreya xalq armiyasi dengiz flotining Sharqiy dengiz floti qo'mondoni Pak Gvan Sobga topshirildi. Uning ta'kidlashicha, dengizdagi shafqatsiz imperialistik qaroqchilarning hukmronligini buzishga q...