Tashkent, May 10 -- Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh yoki uning ittifoqchilarining Rossiyaga ehtimoliy hujumini qaytarish uchun qo'shin yuborishga tayyorligini aytdi.

Kim Chen Inning aytishicha, AQSH nazoratsiz qolsa, "ko'proq qaltis harakatlar sodir etishga jur'at qilishi" mumkin. Bu holatda, KXDR rahbari Vashingtonning "hamtovog'i", deb atagan Janubiy Koreya armiyasi AQSHdan o'rnak olishi mumkin.

U Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilarining Ukrainaga qarchi urushda ishtirok etishini KXDR suveren huquqlariga javob beradigan adolatli qaror deb atadi.

Kecha, 9-may kuni Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Matsegora Kursk viloyatida "mintaqa hududlarini Ukraina qurolli kuchlaridan ozod qilishda qatnashgan" Shimoliy Koreya harb...