Tashkent, June 26 -- Markaziy bank tashabbusi bilan kiberxavfsizlikni ta'minlash va shubhali amaliyotlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi seminar trening o'tkazildi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.
"Kibertahdidlar, firibgarliklar va ma'lumotlar sizib chiqishi" mavzusida tashkil etilgan tadbirda xalqaro va mahalliy kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi. Ular bank tizimining barqaror ishlashiga xavf soluvchi kibertahdidlar, bank kartalari bilan bog'liq firibgarliklarning oldini olish masalalariga bag'ishlangan taqdimotlar namoyish etdi.
Seminar davomida Kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilishda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning ahamiyati, Moliyaviy jinoyatlarni oldini olish bo'yicha rivojlangan davlatla...