Uzbekistan, Feb. 9 -- "O'zgidromet" 10-12 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo bo'yicha ma'lumotni taqdim etdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, 10 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi, 11-12 fevralda ba'zi joylarda biroz qor yog'adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda -5...-10, 11-12 fevralda -3...-8, kunduzi -3...+2 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi 10-11 fevralda 0...+5, 12 fevralda +...