Tashkent, June 13 -- Kanadalik Devid Serkin - saratonni yenggan, shuning barobarida, juda omadli inson, deb yozmoqda The Guardian.

U o'tgan yil avgustidan shu yil may oyigacha (bir yil ichida) lotereyada uch marta jekpotni yutib, jami 2,5 mln dollar mukofot pulini qo'lga kiritgan.

Nashr yozishicha, Devid Serkin avgust, noyabr va may oylarida, qolaversa, o'n yillar ilgari ham jekpotni yutib olgan.

Serkin so'nggi yutuqli chiptasini o'zi yashovchi Letbrijdagi avtomobillarga yoqilg'i quyish shaxobchasida sotib olgan va 33,3 milliontadan 1 imkoniyatda jekpotni yutib olgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....