Tashkent, May 9 -- O'zbekistonda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda. Xususan, 2025-yilning bahorgi mavsumida respublikada 136 mln tup daraxt va buta ko'chatlari o'tqazildi.

Ta'kidlash joizki, 2021-yilda davlat rahbari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi e'lon qilinib, kelgusi besh yilda har yili 200 mln tupdan daraxt va buta ko'chatlari hamda qalamchalarini ekish, yashillik darajasini 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Ekologiya vazirligi O'rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda cho'llanishga qarshi kurashish boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, loyiha doirasida 2021-yil kuzida - 86 mln, 2022-yilda - 203 mln, 2023-yilda - 220 mln, 202...