Tashkent, April 22 -- Jizzax viloyatida hovlisining 2 metr kvadrat maydonida 45 tup kannabis ekkan erkak qo'lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog'lom yurt" oyligi doirasida o'tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax shahri "Hamid Olimjon" MFYda yashovchi 1974 yilda tug'ilgan D.S. ushlanib, shaxsiy tintuv qilingan. Tekshiruv davomida uning yonidan 2 gramm "gashish" hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, 51 yoshli D.S.ning yashash xonadoni va yordamchi xo'jaliklari ham ko'zdan kechirilganda hovlisining 2 metr kvadart maydonida 45 tup kannabisni parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzRep...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.