Tashkent, May 9 -- Jizzax viloyatining G'allaorol tumani hududida joylashgan Nurota tog' tizmasidan paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi, deb xabar beradi Madaniy meros agentligi.

Qayd etilishicha, 28 apreldan 6 mayga qadar Madaniy meros agentligi hamda Yahyo G'ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Tosh davri bo'limi xodimlari tomonidan Nurota tog' tizmasining shimoli-g'arbiy qismida dala tadqiqot-qidiruv ishlari olib borilgan.

Tadqiqotlar jarayonida tarixiy ahamiyatga ega qator arxeologik manzillar aniqlanishiga erishilgan. Xususan, O'gat qishlog'ining g'arbiy qismida so'nggi paleolit davriga oid ibtidoiy kishilarning yashash makoni qayd etilgan. Izlanishlarning dastlabki tahlillari bu hududd...