Tashkent, June 18 -- Ijtimoiy tarmoqlarda, Jizzax shahrida ekanligi aytilgan, bir guruh qizlarning kelinlik libosida Er kerak deb yozilgan qog'ozlarni ko'tarib, shahar ko'chalari bo'ylab harakatlangani aks etgan video lavha tarqalgan edi. Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan mas'ul idoralar bilan o'rganish ishlari olib borilganini ma'lum qildi.

Aniqlanishicha, Jizzax shahar Xalqobod mahalla fuqarolar yig'ini hududida Eski shahar dehqon bozori ro'parasida 8 nafar qiz kelinlik ko'ylaklari savdosi bilan shug'ullanuvchi Gulruh salonini reklama qilish maqsadida yuqoridagi holatga qo'l urgan. Ushbu g'oya tashabbuskori salon rahbari Sh.A. hamda bloger Sh.E.lar bo'lgan.

Holat yuzasidan, Oila va xotin-qizlar bo...