Tashkent, May 15 -- Jizzax viloyatining "Hududiy elektr tarmoqlari" Jizzax shahar filiali xodimasi 1 ming AQSH dollar olgan vaqtida qo'lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Jizzax shahar filiali xodimasi N.S.O. Zomin tumanida yashovchi fuqaro N.Q.J.ni AJning Jizzax filialiga ishga kiritib qo'yish evaziga undan ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo'lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda, fuqaro N.S.O.ga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Published by HT Digital Content Services with permis...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.