Tashkent, May 10 -- O'zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov dunyoga mashhur kibersport jamoasi "Vitality" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "UzChess" loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Vitality" shaxmat turnirlari uchun o'zbekistonlik grossmeysterni o'z safiga qo'shib olgan. Ushbu jamoada fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashe-Lagrav ham bor.

Ma'lumot o'rnida, ushbu jamoa "Counter Strike" bo'yicha oxirgi 5 ta turnirdan beri zafar quchib kelmoqda.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....