Tashkent, May 1 -- Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi bosh vazir Xan Dok Su iste'foga chiqdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi. Bu Xan Dok Suga 3 iyun kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlariga nomzodini qo'yish imkoniyatini beradi.

Janubiy koreyalik amaldor iste'foga oid qabul qilgan qarori to'g'risida Seulda o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. Ushbu og'ir davrda zimmamga olgan mas'uliyat zalvorini hisobga olgan holda, bunday qadam to'g'ri va muqarrar ekani haqida uzoq va yaxshilab o'ylab ko'rib, agar bu yagona yechim bo'lsa, undan foydalanishim kerakligi to'g'risida qaror qildim, - deydi u.

4 aprel kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi oldingi prezident Yun Sok Yolning impichmentini ma'qullagan edi. 14 ...