Tashkent, May 25 -- 2025-yil 23-may kuni Janubiy Koreyaning "T'way Air" loukoster aviakompaniyasiga tegishli ilk to'g'ridan-to'g'ri aviareys muvaffaqiyatli tarzda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo'ndi. Ushbu parvoz Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahridan amalga oshirildi.

"T'way Air" loukoster aviakompaniyasi tomonidan yo'lga qo'yilgan yangi reyslar Seul - Toshkent - Seul yo'nalishi bo'yicha haftasiga to'rt marta muntazam parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus Janubiy Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi turizm, savdo-iqtisodiy hamda madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mazkur reys orqali nafaqat sayyohlar, balki Koreya Respublikasining mashhur musiqiy jamoasi - "BLACKSWAN"...