Tashkent, May 19 -- Italiya Ukrainaga 400 ga yaqin M113 bronetransportyorlarini (BTR) topshiradi. Bu haqda Italiyaning Il Messaggero gazetasi xabar berdi. Ukrainaning Defence Express harbiy portali 18 may, yakshanba kuni aniqlik kiritishicha, bu VCC-2 Camilino modeli bo'lib, u Amerikaning M113 zirhli transportyorining M113A1 rusumli modernizatsiyasidir.

Texnikalarni topshirish Italiya mudofaa vaziri Gvido Krosetto boshchiligidagi mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan Ukrainaga harbiy yordamning 11-paketi doirasida amalga oshirilishi kutilmoqda.

VCC-2 Camilino yon tomonlarda qo'shimcha himoya va ochiq minoraga ega bo'ldi, dedi Defence Express mutaxassislari.

Italiyada 1200 tagacha M113 BTR VCC-2 Camilino versiyasiga yangilanishi mumk...