Tashkent, June 18 -- O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatni tark etish istagida bo'lgan o'zbekistonliklar qanday yo'l bilan chiqib ketishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-o'tkazish punktlari orqali chiqib ketishi mumkin:

"Menaxem Begin" / "Taba" - Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o'rtasida);"Shayx Husayn" - Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o'rtasida);"Isxak Rabin" / "Vadi Arava" - Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va I...