Tashkent, May 17 -- Iordaniyada Isroil xavfsizlik xizmatlarining yuqori martabali vakillari va Suriya hukumati mansabdorlari o'rtasida yashirin uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda o'z manbalariga tayanib, "Al Akhbar" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, muzokaralarning asosiy muhokama mavzusi Suriya janubida keng miqyosli bufer zona (zararsizlantirilgan hudud) yaratish imkoniyati bo'lgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Suriya mazkur zona ustidan nazoratni Isroil tomoniga topshirishi mumkin.

Ma'lumot uchun, bungacha Ozarbayjonda tomonlar o'rtasida shunday muzokaralar bo'lib o'tgan. Ushbu uchrashuvda Isroil tomoniga Isroil armiyasi Bosh shtabining operativ boshqarmasi boshlig'i, general-mayor Oded Basyuk vakillik qilgan. Suriyaning muvaqqat...