Tashkent, June 18 -- Isroil hukumati Eron bilan keskinlik ortgani sababli fuqarolariga mamlakatdan chiqishni taqiqladi. Bu haqda Middle East Monitor xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, hukumat ichki aviakompaniyalarga isroillik yo'lovchilarni xalqaro reyslarga qo'ymaslikni buyurgan. Bunga Eronning Isroil aeroportlariga ehtimoliy hujumi xavfi sabab bo'lmoqda. Isroilning asosiy xalqaro darvozasi bo'lgan Ben-Gurion aeroporti "keyingi ogohlantirishgacha" yopilgan.

Qaror xavfsizlik idoralari rahbarlarining aeroportlarda odamlar to'planib qolishi va Eron javob zarbasi bergan taqdirda ko'plab qurbonlar bo'lishi mumkinligi haqidagi tashvishlaridan kelib chiqqan. Isroil transport vaziri Miri Regev bu borada quyidagicha bayonot bergan:

U hozirda x...