Tashkent, May 3 -- Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxo'jayev Urganch aeroportida barcha turdagi samolyotlarni qabul qilish imkonini beruvchi 3300 metr uzunlikdagi yangi uchish-qo'nish yo'lagini kengaytirish va qurish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.

Shuningdek, loyihada havo bandargohining navigatsiya, meteorologiya va yorug'lik-signal tizimini modernizatsiya qilish ko'zda tutilgan. Uning so'zlariga ko'ra, bu parvozlar xavfsizligini ta'minlash, o'tkazuvchanlik qobil...