Tashkent, April 22 -- Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) tark etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Washington Post. Federal agentliklar xodimlariga allaqachon Ilon Mask jamoasining talablarini e'tiborsiz qoldirishga ruxsat berilgan.

Mask AQSh hukumatidagi lavozimni aynan qachon tark etishi noma'lum. WP'ning qayd etishicha, uning davlat xizmatchisi maqomi may oxirida tugaydi. Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, milliarder siyosiy so'llar hujumini qaytarishdan charchagani uchun lavozimdan ketishga qaror qilgan.

Shu bilan birga, WP manbasining so'zlariga ko'ra, Ilon Mask o'zining lavozimdan ketishi DOGE faoliyatini kuchsizlantirib qo'ymaydi deb hisoblamoqda.

Shuningdek, ko'plab federal idoralar DOGE ko'rsatmalarini...