Tashkent, June 16 -- Ilon Mask Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) tezroq orbitadan tushirishga chaqirdi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

"Roskosmos" bir necha bora stansiyaning yorilgan korpusiga germetik modda bilan muntazam ravishda ishlov berib kelgan. Yaqinda kosmonavtlar havo bosimi bilan bog'liq anomaliya sababli yana bir bor "Zvezda" moduli korpusining ichki qismi yoriqlarini yamagandi. Ammo SpaceX rahbari XKSni halokat yuz berishidan oldin imkon qadar tezroq orbitadan tushirishga chaqirmoqda.

Bugungi kunda Rossiya, AQSH, Yaponiya, Kanada va Yevropa Ittifoqi tomonidan boshqariladigan Xalqaro kosmik stansiya qariyb chorak asrlik tarixga ega. Stansiya bo'linmalarining tayanch korpusi alyuminiydan yasalgan. Qobiqni muntazam qizdirish va...