Uzbekistan, Feb. 5 -- AOKAda o'tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan malumot berdi.
Mutaxassisga ko'ra, 2025 yil davomida kriminogen vaziyati og'ir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro'yxatlarini shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o'rganish va hal etish choralarini ko'rish bo'yicha Bosh vazir o'rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tarkibi hamda hududlarda o'rganish ishlarini olib borish reja-grafigi tasdiqlandi.
Endilikda har oyda reja-grafik asosida hududlarda ishlar tashkil etiladi, ijtimoiy ...