Tashkent, April 29 -- Davlat rahbariga kambag'al oilalarni qo'llab-quvvatlash, nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari bo'yicha axborot berildi.

Mamlakatimizda ehtiyojmand insonlar alohida e'tiborga olinib, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanmoqda. "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi asosida bunday oilalarga mehnat, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi sohalarda ko'maklashilmoqda.

Shu bilan birga, bu juda keng va uzluksiz jarayon bo'lib, doimiy takomillashtirishni taqozo etadi. Jumladan, kambag'al oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qo'llab-quvvatlash taklif qilinmoqda.

Kambag'al oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy ...