Tashkent, June 12 -- Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakat uchun foydasi yo'q bo'lgan migrantlarni chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda vazir o'zining Telegram-kanalida e'lon qilgan videomurojaatida so'z ochgan.

Uning aytishicha, ish joyidan ayrilgan, oliy o'quv yurtlaridan chetlatilgan, barmoq izlarini topshirmagan, rus tilini o'rganmagan va jamiyatga foyda keltirmayotgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozim.

Kolokolsev ko'chalar va turarjoy hududlarida noqonuniy migrantlar bo'lmasligi kerakligini aytgan. Shuningdek, u migrantlar orasida jinoyatchilikka qarshi tizimli choralar ko'rishga chaqirgan.

Vazir migratsiya bo'limlaridagi navbatlarni bartaraf etish zarurligini ham qayd etgan va hujjatlarni o'z vaqtid...