Tashkent, May 6 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan ichki ishlar organlari faoliyatida zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta'minlashda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda sohada yagona texnologik yondashuvni shakllantirish belgilandi.

Ichki ishlar organlarining axborot infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish, kriminogen vaziyatlar tahlilini avtomatlashtirishga alohida e'tibor qaratildi.

Ichki ishlar organlari tarkibida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departament...