Tashkent, June 12 -- Hindiston g'arbidagi Gujarot shtatining Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida yo'lovchi samolyot halokatga uchradi.

Hozircha qurbonlar haqida xabar berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot turar joylar hududiga qulagani, voqea joyida quyuq tutun ko'tarilgani aks etgan videolar tarqalgan.

Mahalliy nashrlarda tarqalgan dastlabki xabarlarga ko'ra, Air India aviakompaniyasi reysi halokatga uchragan. Reuters agentligi xabariga ko'ra, samolyot Birminghemga uchayotgan bo'lgan, Flight Radar ma'lumotiga ko'ra, AI171 reysi manzili sifatida Londondagi Getvik aeroporti ko'rsatilgan.

Halokatga uchragan samolyot rusumi Boeing 787-8 Dreamliner bo'lib, bu aviahodisalar tarixida shunday samolyotning ilk halokati hisoblanadi.

Jurna...