Tashkent, June 13 -- Hibsga olingan sobiq Istanbul hokimi va Turkiya muxolifati vakili Ekrem Imomo'g'li ishi bo'yicha sud ishi joriy yilning 26 sentyabr kuniga qoldirildi. Bu haqda "Dunya" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Imomo'g'li ustidan ochilgan sud tinglovi bugun, 12 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo u va uning advokatlari sudning joyi oxirgi daqiqada o'zgartirilganini "qonuniy emas" deb ta'kidlab, sud majlisiga borishdan bosh tortgan. Shundan so'ng sud navbatdagi tinglov sessiyasini 26 sentyabrga qoldirgan.

Sud majlisi dastlab Istanbulning Chag'layan sud binosida bo'lishi kerak edi, lekin bir kun oldin sud manzili o'zgartirilib, Silivri qamoqxonasidagi sud zaliga ko'chirildi.

Prokurorlar Imomo'g'liga nisbatan 2-4 yil...