Tashkent, May 31 -- O'zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining o'rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov intervyu berdi. Uzoq yillar O'zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan diplomat intervyuda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi va ular o'rtasidagi munosabatlar tarixiga to'xtalib o'tdi.

Haqiqatdan, biz bugun bir juda tahlikali, bo'layotgan voqealar va to'qnashuvlarning oldindan oqibatini bashorat qilib bo'lmaydigan dunyoda yashayapmiz. Mana yaqin orada hammamiz guvohi bo'ldik, qo'shni mintaqada Hindiston va Pokiston orasida keskinlashuv yuz berdi. Hattoki kuzatuvchilar: Bu ikkita davlat hozir katta urush boshlanib ketsa, yadro qurolini ishlatadimi...