Tashkent, May 30 -- 29-may kuni O'zbekistonda "Rossiya madaniyat kunlari" doirasida O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyatbo'yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etib, Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, sheriklik, o'zaro ishonch, bag'rikenglik, o'zaro manfaatli hamkorlik ruhida ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo'lida madaniy sohadagi almashinuv va hamkorlikni har tomonlama rivojla...