Tashkent, June 5 -- Futbol bo'yicha Jahon chempionati saralashi doirasida BAA - O'zbekiston o'yinidan oldin Abu-Dabi shahrida milliy jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Timur Kapadze muhim o'yindan oldin raqibni o'rganib chiqqanini, ammo asosiy e'tibor O'zbekiston milliy jamoasiga qaratilganini ta'kidladi.

Albatta, raqibni o'rganib chiqdik. O'yinga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, ularda murabbiy yangi tayinlandi. Biroq bugun paydo bo'lib qolmagan. Ularni o'rganishga harakat qildik. Asosiysi, o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz va yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim. Albatta, bu bosqichga yetib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qildi...