Tashkent, June 13 -- 13 iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O'zgidromet.

Qayd etilishicha, so'nggi kunlarda O'zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta'siri ostida bo'ldi.

Jumadan boshlab asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko'tariladi. Kunduzi harorat +33.+35 daraja bo'ladi.

Dam olish kunlari harorat +36.+38 darajagacha, shimolda, janubda va cho'l hududlarda esa +40.+42 darajagacha ko'tariladi.

Respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Ayrim tog'li hududlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, mom...