Tashkent, April 21 -- Bugun va ertaga O'zbekiston hududining katta qismida yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin.

23 aprel - chorshanba kuni faqat Farg'ona vodiysi viloyatlari bo'yicha qisqa muddatli momaqaldiroli yomg'irlar yog'ishi mumkin.

24-25 aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo'yicha yog'ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari kuzatilgan salqin havodan so'ng, ushbu hafta davomida havo harorati asta-sekin ko'tarilishi kutilmoqda. Bugun kunduzi respublika bo'yicha harorat 20-25 daraja, ish haftasining oxiriga kelib 25-30 daraja, shi...