Tashkent, July 25 -- 23 iyul kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili xonim bilan muzokaralar o'tkazdi.

Tomonlar avtomobil va temir yo'l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo'laklarini rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni muhokama etishdi.

Shuningdek, I.Maxkamov "Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston" temir yo'li qurilishi loyihasining ahamiyati va kelgusida mazkur temir yo'lning xalqaro transport yo'laklari tizimiga, jumladan, O'rta yo'lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko'rib chiqishni taklif...