Tashkent, July 17 -- Ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov O'zbekiston futbol assosiasiyasi bilan aloqada bo'lib turibdi.

Biroq, gap bosh murabbiylik lavozimi haqida emas, balki terma jamoadagi maslahatchi lavozimi haqida ketmoqda.

Tomonlar o'rtasida aloqa bor - Lyov hamkorlikka ochiq. Lekin uni bosh murabbiy etib tayinlash haqida hozircha gap yo'q. O'zbekiston unga terma jamoaning jahon chempionatiga tayyorgarligini nazorat qiluvchi maslahatchi vazifasini taklif qildi, - dedi mutaxassisga yaqin manba.

O'FAda yagona pozitsiya yo'q. Ayrim mutasaddilar Lyovni bosh murabbiylikka taklif qilishda turib olishmoqda, chunki terma jamoaga jahon chempionati uchun taniqli mutaxassis kerak,...