Tashkent, June 4 -- Germaniyaning Kyoln shahridan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli portlamay qolgan uchta bomba topildi. Snaryadlarni utilizatsiya qilish ishlari sabab 20 mingdan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilinadi.

Shahar ma'muriyatining ma'lum qilishicha, bombalar topilgan joydan 1 kilometr radiusda joylashgan Doyts tumani hududidagi binolar aholisi va mehmonlari evakuatsiya qilinadi. Bombalarni chiqarib olish ishlari chorshanba kuni ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlanadi.

Gap og'irligi 1 va 2 tonnani tashkil etadigan Amerika bombalari haqida ketmoqda.

Evakuatsiya zonasida boshqa narsalar qatori temiryo'l vokzali, shifoxona, ko'rgazma markazi, RTL teleradiokompaniyasi, bir nechta maktab va bolalar bog'chala...