Tashkent, June 17 -- Isroilning Eronga qarshi bir necha kundan beri davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida Germaniya bu davlatlardan o'z fuqarolarini evakuatsiya qilishga hozirlik ko'rmoqda. 16 iyun, dushanba kuni Berlinda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Isroildan evakuatsiya qilish uchun jami 4000 ga yaqin nemis fuqarosi ELEFAND inqirozlar ro'yxatida, Eronda esa deyarli 1000 nafari bor, dedi.

Uning so'zlariga ko'ra, bu ro'yxatlar hozirda Isroil va Eronda qancha nemis fuqarolari borligi haqida to'liq ma'lumot bermaydi, chunki ularning ko'pchiligi hisobga olinmagan. TIV vakili ushbu mamlakatlardagi barcha Germaniya fuqarolarini ELEFAND'da ro'yxatdan o'tishga chaqirdi. Hozirda havo orqali evakuatsiya qilishning imkoni bo'lmagani ...