Tashkent, April 20 -- Tahlillarga ko'ra, dunyoda 500 million nafardan ortiq inson gepatit virusi tashuvchisi hisoblanadi. Bu - OIV va barcha turdagi saraton kasalliklariga chalingan umumiy bemorlar sonidan 12 baravar yuqori ko'rsatkich. Qolaversa, sayyoramiz bo'yicha yiliga bir milliondan ortiq odam gepatit tufayli vafot etmoqda.

Shu bois ushbu xastalikka chalingan bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, unga tashxis qo'yish va davolash muhim masala hisoblanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - mazkur yo'nalishda yurtimizdagi bosh muassasa. Bu yerda nafaqat gepatit, balki inson hayotiga xavf tug'diruvchi bir qancha yuqumli xastaliklarni s...