Tashkent, April 20 -- Toshkentda YPXdan qochib, o'nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlangani xabar qilingandi. Poytaxt IIBB avtomobilni boshqargan ayol haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmaganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgan voqea 19-aprel kuni tonggi soat 7:30 larda sodir bo'lgandi. Chilonzor tumanidagi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektori YTH sodir etib, voqea joyidan yashirinishga uringan Gentra'ga to'xtash ishorasini bergan.

U to'xtash ishorasiga bo'ysunmay, 2 ta Damas'ga texnik shikast yetkazgan holda qochishga uringan. O'zi bilan bir yo'nalishda harakatlanib ketayotgan yana bir nechta avtomashinaga ham shikast yetkazgan.

Ko'rilgan choralar natijasida mashina to'x...