Tashkent, June 22 -- Ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og'ir ta'sir qiladi. Hatto sog'lom odamlar ham ba'zi bir qoidalarga rioya etishlariga to'g'ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to'g'ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo'ladi, lekin issiq ta'sir qilgandan so'ng 6-8 soat o'tib ham boshlanishi mumkin.

Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:

1. Iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo'lmang.

2. Tabiiy matolar (paxta, kanop va b.) dan tayyorlangan kiyim kiying.

3. Albatta yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiying. Ko'zingizga quyoshdan himoyalovchi ko'zoynak taqing.

4. Suv ichish rejimiga amal qiling. Tartibsiz k...