Tashkent, June 2 -- Toshkent shahar Turizm boshqarmasi turfirmalar va tadbirkorlarga 5-iyun kuni BAAga turist yubormaslik choralarini ko'rishni tavsiya etdi.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yuborilgan xatdan ma'lum bo'lishicha, Turizm qo'mitasiga, TIV Konsullik-huquqiy departamentining 2025-yil 29-apreldagi murojaati kelib tushgan.

Murojaatda, 5-iyun kuni Abu-Dabi shahrida O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari futbol terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi o'yiniga sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida yurtimiz fan-klub a'zolari bilan birgalikda 5 ming...