Tashkent, June 10 -- Qonun (O'RQ-1067-son, 09.06.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kirtildi.

Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko'zda tutildi.

"Sudlar to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra, sudyalarning muayyan ishlar bo'yicha hisobdor bo'lmasligi belgilandi.

Shuningdek, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to'xtatib turish...