Tashkent, June 17 -- Eron va Isroil o'rtasidagi urush tobora avj olib borayotgani bois Isroildagi o'zbekistonliklar yana bir bor ogohlantirildi. Bu haqda O'zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari bo'yicha Frontorti buyrug'i tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi. O'zbekistonliklardan ushbu belgilangan rasmiy ko'rsatmalarga qat'iy amal qilishin so'ralgan.

Elchixonaga ko'ra, qizil rangdagi ogohlantirish - bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejie/mamat) yonida bo'lish lozim, harakatlanishni cheklash zarur. Shuningdek, sirena eshitilganda, zudlik bilan himoyalangan joyga kirish va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda...