Tashkent, April 21 -- O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Guandun provinsiyasining Foshan shahrida bo'ldi.

Safar davomida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazildi.

Xususan, Foshan shahar merining o'rinbosari Ven Si, tashqi ishlar boshqarmasi va tijorat byurosi rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o'rtasida hududlararo aloqalarni kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm yo'nalishlaridagi sa'y-harakatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, "O'zbekiston hududlari-Foshan: investitsiya, savdo va turizm hamkorligi" mavzusida biznes-forum o'tkazildi. Uning ishida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan 60 ga yaqin yetakchi komp...