Tashkent, May 19 -- Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb Donald Tramp bilan bo'lib o'tgan telefon suhbatidan keyin uning sabri tugashni boshlaganini ma'lum qildi.

Stubbning so'zlariga ko'ra, 17 may kuni u Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplashgan, yakshanba kuni ertalab esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo'ng'iroqlashgan.

Uning ta'kidlashicha, oxirgi ikki haftada ishlar Ukraina uchun ijobiy yo'nalishda siljigan. Stubbning qo'shimcha qilishicha, Finlandiya Zelenskiyning 24-25 iyun kunlari Haagada bo'lib o'tadigan NATO sammitidagi ishtirokini qo'llab-quvvatlaydi.

14 may kuni Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib, AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif qilinishiga qarshi ekani haqida yozdi. Hozircha s...